ChatGPT o‘smirning o‘z joniga qasd qilishida ayblanmoqda

ChatGPT o‘smirning o‘z joniga qasd qilishida ayblanmoqda
  • 0
  • 28.08.2025 15:39:00
  • 1 daq o'qish

AQSHda 16 yoshli Adam Reyn o‘z joniga qasd qildi. Uning ota-onasi telefonidan ChatGPT bilan yozishmalarni topdi. Ularda bot o‘smirning o‘lim haqidagi fikrlarini qo‘llab-quvvatlagani, hatto o‘z joniga qasd qilish usullarini ham ko‘rsatib bergani aytilmoqda. Adam xonasida ilgak osganida ota-onasi uni to‘xtatmoqchi bo‘lgan, biroq ChatGPT unga bu qaroridan qaytmaslikni maslahat qilgan. Shuningdek, yigit ikki xil xayrlashuv xati yozgan va ularda ishlatiladigan jumlalarni ham botdan so‘ragan. O‘limidan bir necha soat oldin u rejasi aks etgan suratni chat-botga yuborgan va u yerdan uni «yanada mukammallashtirish» bo‘yicha maslahatlar olgan. Ertasi kuni esa ota-onasi uning jasadini topdi.

Marhumning qarindoshlari OpenAI kompaniyasiga qarshi sudga murojaat qilishdi. Mutaxassislar bu ishni kompaniya tarixidagi eng katta sud jarayonlaridan biri bo‘lishi mumkin, deb baholamoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News