
- 0
- 03.09.2025 11:15:00
- 1 daq o'qish




Janubiy Koreya hukumati yolg‘iz qolgan keksalarga psixologik yordam ko‘rsatish uchun ChatGPT o‘rnatilgan Hyodol qo‘g‘irchoqlarni bepul bermoqda. Ular suhbatlashadi, dori va ovqatlanishni eslatadi, sog‘liqni kuzatadi hamda zaruratda ijtimoiy xodimlarga signal yuboradi. Ma’lumotlar maxfiy saqlanib, uch yil arxivlanadi.
Tashabbus hukumatning keksalar yolg‘izligi muammosini kamaytirishga qaratilgan. Mamlakatda tug‘ilish darajasi pasayib, keksalar soni ortib borayotgani sababli ijtimoiy parvarish tizimida ham xodimlar tanqisligi yuzaga kelmoqda.
Hyodol kompaniyasi 2026-yildan boshlab mahsulotni AQSH bozoriga ham chiqarishni rejalashtirgan.