
- 1
- 13.09.2025 08:19:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Yuta shtatida o‘ng qanot faoli, Donald Trampning ittifoqchisi Charli Kirkni otib o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan 22 yoshli Tayler Robinson qo‘lga olindi. Uning otasi politsiyaga xabar berib, ular kelguncha o‘g‘lini ushlab turgan.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, Robinson qotillikni oldindan rejalashtirgan bo‘lishi mumkin. FQB Discord’dagi yozishmalarni tekshirmoqda va qurolni yashirishga oid ma’lumotlarni aniqlagan. Kirk tanasidan topilgan o‘qlarda “Bella Ciao” va “Mana ol, fashist” degan yozuvlar bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Hozircha jinoyatning sabablari aniq emas, biroq Robinsonning yaqinlari uning oxirgi paytlarda siyosatga qiziqa boshlaganini va Kirkni ko‘p tanqid qilganini aytishmoqda.