
- 5
- 22.09.2024 21:38:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘iston janubidagi Turkiston viloyatidagi 55-sonli koloniyada mahbuslar tartibsizlik uyushtirishdi, ular elektr transformatoriga o‘t qo‘yishgan. Tartibsizlikda jami 400 ga yaqin mahbus qatnashgan, unda milliy gvardiyaning ikki askari va muassasa xodimi yaralangan. Mamlakat jinoyat-ijroiya tizimi qo‘mitasining ta'kidlashicha, bir guruh mahkumlar qamoqda saqlash rejimiga norozi bo‘lishgan. Hozirda koloniyadagi vaziyat barqarorlashgan.
Holat yuzasidan tartibsizlikda qatnashganlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.