Lotin alifbosiga o‘zgarish kiritiladi

Lotin alifbosiga o‘zgarish kiritiladi
  • 0
  • 07.07.2026 15:11:00
  • 1 daq o'qish

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Qonun loyihasiga ko‘ra, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat alifbo o‘rniga 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan tashkil topgan yangi alifbo joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Natijada “sh”, “ch” va “ng” kabi harf birikmalari alohida harflar bilan almashtiriladi. Shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanilishiga ham aniqlik kiritiladi. Deputatlar muhokamalar davomida yangi alifboni bosqichma-bosqich joriy etishni taklif qildi.

Unga ko‘ra, qonun kuchga kirguniga qadar rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta, qimmatli qog‘ozlar, davlat organlari va tashkilotlarining ramzlari, peshlavhalari hamda boshqa atributlar belgilangan muddatgacha amal qilishda davom etadi. Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasi Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti olimlari ishtirokida ishlab chiqilgan.
Quyidagi harflarning yangi ko‘rinishi:

“Sh” o‘rniga — Ş
“Ch” o‘rniga — Ç
Oʻ o‘rniga — Ö
Gʻ o‘rniga — Ğ

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News