“Piyozli chalop”

  • 9
  • 06.09.2023 10:26:00
  • 1 daq o'qish

“Lazzat Dunyosi” bugun sizlarni noodatiy “Piyozli chalop” retsepti bilan xursand qiladi. Ushbu tez va oson tayyor bo‘ladigan chalopni albatta tayyorlab ko‘ring.😇

🧄Masalliqlar:

 🧅Piyoz
 🥣Suzma
💧 Suv
🥦Ko‘kat

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi: 

-  Birinchi bo‘lib ishimizni piyozimizni to‘g‘rab olishdan boshlaymiz.
-  Buning uchun, 6 ta o‘rta kattalikdagi piyoz ishlatdik.
-  To‘g‘ralgan piyozni qaynab turgan suvga solib, qopqog‘ini yopib, 10 minutcha qaynatib olamiz. 
-  Piyoz qaynatgan suvni sovutib, suzma bilan suyultiramiz. 
-  So‘ng hamma mahsulotlarni aralashtirib, tuz solamiz. 
-  Xohishingizga qarab ko‘kat yoki eritilgan sariyog‘ ham solishingiz mumkin.
-  Ana endi to‘g‘ralgan qotgan non bilan mazza qilib iste’mol qilsangiz bo‘ladi.
 
Yoqimli ishtaha😋
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News