Chak-chak

  • 6
  • 20.04.2023 11:23:00
  • 1 daq o'qish

“Lazzat dunyosi” oshxonasida Hayit dasturxoningizning ajralmas bo‘lagi bo‘lgan “Chak-chak” shirinligi retseptini sizlar bilan ulashmoqdamiz😍

🥡Massaliqlar:

Un - 600 gr
Tuxum - 2 dona
Shakar - 500 gr
Limon - yarimta
Soda 1 choy  qoshiq
 
🫓Xamiri uchun:

–  Idishga tuxumni chaqib, yaxshilab aralashtiring. Iste’mol sodasi va un solib, xamir qorib, 15 daqiqaga tindirishga qo‘ying.
–  15 daqiqadan so‘ng yupqa qilib yoyib, kesib chiqing.
–   O‘rtacha olovda kesilgan xamirlarni pishirib oling.

 🍯Qiyomi uchun:

–  Idishga shakar va suv solib quyuq holga kelguncha qaynating va yarimta limon suvini qo‘shing.

Pishirilgan chak-chak ustidan qiyomni issiq holda quyib aralashtirib, idishga joylab muzlatgichga qo‘ying.🧊

Chak-chaklarimiz tayyor Hayit dasturxoningizga tortishingiz mumkin😍
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News