
- 3
- 19.10.2024 16:03:00
- 1 daq o'qish
18-oktabr kuni Prezident tomonidan imzolangan Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojidan ozod qilinadi. Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni vaqtincha ro‘yxatga olishda davlat boji undirilmaydi.
Bundan tashqari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ikkilamchi bozordan olingan uy-joyni rasmiylashtirish uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda ham davlat boji undirilmaydi.