
- 1
- 18.04.2025 12:52:00
- 1 daq o'qish
Markaziy bank Telegram Ads orqali yangi firibgarlik usuli tarqalayotganidan ogohlantirdi. Firibgarlar “bir zumda kredit olish” reklamalari orqali pulga muhtoj fuqarolarning ma’lumotlarini o‘g‘irlashga urinmoqda. Ular “Crediitum” nomli bot orqali shaxsiy va bank karta ma’lumotlarini so‘rashadi. Mazkur menejer akkaunti firibgarlarga tegishli bo‘lib, ular bilan muloqot qilish orqali shaxsga doir va bank karta ma’lumotlarini hamda tasdiqlash kodlarini berish yoki zararli “APK” ilovalarni smartfonga o‘rnatish bank kartasidagi mablag‘lar o‘g‘irlanishiga olib kelishi mumkin.
Markaziy bank Telegramdagi reklamalarga ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.