Kompaniya xodimlarini charchashdan qutqaruvchi mushuklar

Kompaniya xodimlarini charchashdan qutqaruvchi mushuklar
  • 7
  • 07.09.2024 15:39:00
  • 1 daq o'qish

Yaponiyada kompaniya ishchilarni charchashdan qutqarish uchun 10 ta mushukni yolladi. Mo‘ynali hamkasblar xodimlarga zarur tanaffuslar qilish va stress darajasini pasaytirish imkonini beradi. Natijada ishdan bo‘shatishlar soni kamayib, jamoaga yangi odamlar jalb qilindi.

Futaba ismli birinchi mushuk kompaniyaga 2004-yilda olingan. Endi u “rais” sifatida ro‘yxatga olingan. Boshqa mushuklar esa ish boshqaruvchi, menejer kabi turli lavozimlarga tayinlangan. Xodimlar ishdan keyin hamkasb mushuklarini uylariga ham olib ketishlari mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News