Kelasi yildan avtobuslarda naqd pul qabul qilinmaydi

Kelasi yildan avtobuslarda naqd pul qabul qilinmaydi
  • 5
  • 19.10.2024 16:08:00
  • 1 daq o'qish

Transport vaziri Ilhom Mahkamovning aytishicha, 2025-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda avtobuslarda yo‘l haqi uchun naqd puldan voz kechib, to‘liq elektron to‘lov tizimiga o‘tiladi. 
— Bekatlarga naqd pulga bilet yoki QR-kod sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksariyat bekatlarga infokiosklar o‘rnatiladi. Hozir bu tajriba Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilyapti. Ular o‘rnatilgach, tabiiyki konduktorlar ishlamaydi, dedi vazir.

Shuningdek u vazirlik yaqin kelajakda 1 294 ta avtobus sotib olish rejalashtirayotgani, asosiy eʼtibor Toshkent va Samarqand shaharlarida elektrobuslar harakatiga qaratilishini, 2030-yilgacha avtobuslar sonini 5 000 taga yetkazish maqsad qilinganini aytib o‘tdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News