- 0
- 09.05.2025 10:08:00
- 1 daq o'qish
Vatikandagi konklavda yangi Rim papasini saylash uchun birinchi ovoz berish natija bermadi. Sikstin kapellasidan qora tutun chiqqan, bu hali papa saylanmaganini anglatadi.
Xabarlarga ko‘ra, 133 kardinal ishtirok etdi. Nomzodlardan biri 89 ovoz to‘plashi kerak. Agar hech kim kerakli ovozga erishmasa, ikkinchi turda ikki yetakchi nomzod qoladi va g‘olib oddiy ko‘pchilik ovoziga ko‘ra aniqlanadi.
Eslatib o'tamiz, Rim papasi Fransisk 21-aprel kuni 88 yoshida vafot etgan.