Toshkentda “CAFA Womenʼs Futsal Championship-2023” musobaqasi boshlanmoqda

Toshkentda “CAFA Womenʼs Futsal Championship-2023” musobaqasi boshlanmoqda
  • 4
  • 27.01.2023 15:46:00
  • 1 daq o'qish

Bugun, 27 yanvar kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida “CAFA Womenʼs Futsal Championship-2023” musobaqasining 1-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Mazkur turnirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi dastlabki turni tojikistonliklarga qarshi bahs bilan boshlaydi. 

Kecha “CAFA Womenʼs Futsal Championship-2023” musobaqasining 1-tur o‘yinlari oldidan o‘tkazilgan uchrashuvda turnirga oid ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish berib o‘tildi.  

O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur chempionat doirasida Toshkentda CAFA hakamlari uchun seminar tashkil etilmoqda. 

Unda CAFA ga a’zo mamlakatlarning 23 nafar hakami qatnashmoqda. Seminarning ochilish marosimida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, CAFA hakamlar qo‘mitasi raisi Ravshan Ermatov ishtirok etib, futbolga zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotgani hakamlikka jiddiy e’tibor qaratishga olib kelayotganini ta’kidlab o‘tdi.  

Nazariy va video test asosida o‘tadigan seminar mashg‘ulotlari 29 yanvargacha davom etadi.  

Manbaa: UzA

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News