Karam va tok

  • 2
  • 15.05.2025 14:51:00
  • 1 daq o'qish

😍Bugun dasturxoningizga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydigan, karam va tok bargidan tayyorlanadigan do‘lma pishiramiz. 


🫒Masalliqlar:

1 dona karam;
4 dona piyoz;
400 gr qiyma;
4 dona pomidor;
100 gr guruch;
6-7 dona kartoshka;
3 dona sabzi;
Yog‘;
Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni karamni qaynagan suvda yumshatib olishdan boshlaymiz. 
2 ta piyozni va 2 ta pomidorni mayda-mayda qilib to‘g‘rab olamiz hamda kattaroq idishga 400 gr qiyma, to‘g‘ralgan piyoz, pomidor, 100 gr yuvilgan guruch, tuz va ziravorlarni solib yaxshilab aralashtirib olamiz. 
Yumshagan karamni ajratib olib, tok va karamni ichiga qiyma solib asta-sekinlik bilan o‘rab olamiz. 
Do‘lmani o‘rab bo‘lganimizdan so‘ng qozonga yog‘ solib parrak-parrak qilib to‘g‘ralgan piyozlarni tillarang tusga kirgunga qadar qovuramiz. 
Piyoz quvurilgandan so‘ng pomidorni qo‘shib, qovurishda davom etamiz. Undan so‘ng sabzi va kartoshkani solib, qovurishni davom ettiramiz. 
Ustidan suv solib 30 daqiqa davomida qaynatamiz. 
30 daqiqadan so‘ng do‘lmalarni birin-ketinlik bilan terib yana 25 daqiqaga qaynatishga jo‘natamiz.

Barchaga yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News