
- 7
- 25.04.2024 12:48:00
- 1 daq o'qish
“Mehr daftari” hisobidan elektromobillar xarid qilinyaptimi?
Qashqadaryo viloyati hokimining matbuot kotibi Ahror Sodiqov viloyat hokimligi “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan to‘rtta BYD Song Plus avtomashinalar xarid qilayotgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga mazkur holat texnik xatolik sabab yuz bergan bo‘lishi mumkinligi va elektromobillar mahalliy byudjetning 2024-yil boshidagi erkin qoldik mablag‘lari hisobidan xarid qilinganini bildirdi.
Shuningdek, serverda nega “Mehr daftari” jamg‘armasi ko‘rsatilayotgani sabablari o‘rganilayotgani va qo‘shimcha maʼlumotlar taqdim etilishi aytildi.