O‘zbekistonning chekka hududlariga auditoriya ko‘rinishida jihozlangan avtobuslar yuborildi

 O‘zbekistonning chekka hududlariga auditoriya ko‘rinishida jihozlangan avtobuslar yuborildi
  • 3
  • 28.02.2025 09:20:00
  • 1 daq o'qish

Endi mutaxassislar avtobuslarda yurib, uzoq va chekka hududlardagi bog'cha tarbiyachilari malakasini oshiradi.  27-fevraldan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mobil malaka oshirish xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi.  Mazkur mobil malaka oshirish xizmatlari respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun joriy etilgan. Bu tajriba dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida sinalmoqda. Maxsus transport vositalarida trening, seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News