
- 3
- 26.11.2024 14:24:00
- 1 daq o'qish
“Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni joriy etish to‘g‘risida”gi Toshkent shahri hokimining qarori loyihasiga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan Toshkentda avtobus va metro yoʻlkira narxlari bir yo‘lovchi uchun tarif – 3 ming so‘m, naqd pulsiz bir martalik to‘lov bilan – 1 700 so‘m, har bir yo‘lovchiga bagaj tashish – 4 000 so‘m, shuningdek, sayohatlar soniga qarab tarif - 1 600 so‘m qilib belgilanmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.