Navoiyda avtobus halokati: haydovchi 10 yilga qamaldi

Navoiyda avtobus halokati: haydovchi 10 yilga qamaldi
  • 6
  • 16.06.2026 18:28:00
  • 1 daq o'qish

2026-yil 5-yanvar kuni Navoiy viloyatida Zarafshon–Navoiy yo‘nalishida harakatlangan avtobus yo‘ldan chiqib ag‘darilib ketgan. Avtobusda 47 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. YTH oqibatida 3 kishi (ulardan biri voyaga yetmagan) voqea joyida vafot etgan, 21 yo‘lovchi jarohat olgan.
Sudda haydovchi aybiga iqror bo‘lib, transport vositasini boshqarib ketayotib suv ichish chog‘ida chalg‘ib qolganini aytgan. Uning ko‘rsatmasiga ko‘ra, suv idishining qopqog‘ini qidirayotgan vaqtda rulni nazoratsiz burib yuborgan, shundan so‘ng avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.
Sudning 11-iyundagi hukmi bilan haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lishi) bo‘yicha aybdor deb topilib, 10 yil ozodlikdan mahrum etildi hamda 3 yil transport boshqarish huquqidan mahrum qilindi.

Manba: Kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News