Burak O‘zchivit bolalar tadbirida ishtirok etib, katta pul olgani aytilmoqda

Burak O‘zchivit bolalar tadbirida ishtirok etib, katta pul olgani aytilmoqda
  • 0
  • 06.08.2025 15:52:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyalik mashhur aktyor Burak O‘zchivitning bolalar tadbirida lenta kesgani uchun 200 ming dollar olgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Aktyor kichik bolaning yurishni boshlashi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgani, sahnaga chiqib lenta kesgani tasvirlangan. Hozirda aktyor va uning jamoasi bu borada hech qanday rasmiy izoh bermagan.

Shu bilan birga, Burak O‘zchivit mashhur “Kurulush Osman” serialidan ketgani haqida ham xabarlar tarqalgan. U yangi mavsum uchun bir qismga 4 million liradan ko‘proq pul talab qilgani, biroq bu masalada kelishuv bo‘lmagani aytilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News