
- 0
- 11.06.2025 08:32:00
- 1 daq o'qish
Bolgariya prezidenti Rumen Radev 9-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. 10-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida uni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston—Bolgariya hamkorligini kengaytirishga oid qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Savdo, investitsiya, IT, farmatsevtika, agrosanoat, turizm, transport va gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga kelishib olindi.
Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda Toshkent va Sofiya shaharlari o‘rtasida sheriklik bitimi almashildi.
Bolgariya prezidenti tashrifi 11-iyun kuni IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish bilan davom etadi.