- 1
- 05.05.2025 15:45:00
- 1 daq o'qish
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti bitiruvchilari “vinetka” uchun olingan trend video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Videonda yoshlar Gentra’ning kapoti, tomi va yukxonasiga chiqqan holda harakatlanayotgan mashinada bo‘lishgani, yana bir kishi esa avtomobilni arqon bilan tortayotgani aks etgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bitiruv tadbirlari paytida ham yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini eslatib, bu kabi holatlarda qatnashgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglarga yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish tavsiya etildi.