Brauni pechenyesi🍪

Brauni pechenyesi🍪
  • 2
  • 01.07.2026 11:57:00
  • 1 daq o'qish

Masalliqlar:
125 gr sariyog‘
200 gr qora shokolad
2 dona tuxum
150 gr shakar
200 gr un
1 osh qoshiq kakao
10 gr razrixlitel
5 gr vanilin

Tayyorlanishi:
Birinchi sariyog‘ va shokolad idishga solinib, olovda eritib olinadi. So‘ng, alohida idishda tuxum va shakar yaxshilab ko‘pirtiriladi va shokoladli massa qo‘shiladi. Oxirida, un, kakao, razrixlitel va vanillin solinib, yana bir marta aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan xamir bir qoshiqdan olinib, patnisga teriladi va qo‘l bilan biroz pechenye shaklida yasaladi. So‘ng, oldindan 170°C gacha qizdirilgan pechda taxminan 12 daqiqa pishiriladi. Brauni pechenyesining pechdan chiqqanida usti biroz yumshoq bo‘ladi. Sal sovigach dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha! 🤗❤🍷

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News