
- 0
- 24.06.2026 13:38:00
- 1 daq o'qish
Dauning-stritdagi mashhur mushuk Larri 2011-yildan buyon Buyuk Britaniya bosh vazirlari qarorgohida yashab keladi. Shu vaqt ichida u Devid Kemeron, Tereza Mey, Boris Jonson, Liz Tras, Rishi Sunak va Kir Starmer davrlariga guvoh bo‘ldi.
19 yoshli Larri rasmiy ravishda hukumat binolaridagi kemiruvchilarga qarshi kurashuvchi “bosh sichqonovchi” hisoblanadi. Siyosatchilar almashayotgan bo‘lsa-da, u hanuz o‘z lavozimida qolmoqda.