Braziliyaliklar “Tramp”ni yoqib yubordi

Braziliyaliklar “Tramp”ni yoqib yubordi
  • 0
  • 12.07.2025 14:20:00
  • 1 daq o'qish

San-Paulu shahrida Braziliya aholisi AQSHning soliqlaridan g‘azablanib, Trampning yuzi tushirilgan qo‘g‘irchoq va Amerika bayrog‘ini yoqib yuborishdi.
Tramp Braziliyadan import qilinadigan mahsulotlarga 50 foizlik boj joriy qilishini e’lon qilgan. U, shuningdek, Braziliya hukumatini AQSH texnologik kompaniyalariga “hujum”da ayblagan va sobiq prezident Jair Bolsonaruga nisbatan sud ishini to‘xtatishni talab qilgan.
Braziliya prezidenti Lula da Silva Trampga javoban boj javob qaytarilishini aytib, mamlakat sud tizimiga aralashmaslikka chaqirdi. Trampning bayonotlari Braziliyadagi siyosiy va savdo ziddiyatlarini yanada kuchaytirmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News