
- 0
- 29.05.2025 12:56:00
- 1 daq o'qish
Braziliya mehnat prokuraturasi Xitoyning BYD kompaniyasini va uning ikki pudratchisini — JinJiang va Tecmonta’ni ishchilarga nisbatan “qullikka o‘xshash” sharoitlar yaratgani uchun sudga berdi. Da’vo 45 million dollar ma’naviy zarar va ishchilarga kompensatsiya undirishni nazarda tutadi.
220 nafar xitoylik ishchi noqonuniy olib kelingani, og‘ir sharoitda ishlagani va odam savdosi qurboni bo‘lgani aniqlangan. Muzokaralar samara bermagach, ish sudga oshirilgan. BYD ayblovlarni inkor etib, qonunlarga hurmat bilan yondashishini va sud bilan hamkorlik qilayotganini bildirgan.