
- 6
- 24.03.2023 17:31:00
- 1 daq o'qish
Kerakli masalliqlar:
- 300 gr achchiq shokolad
- 150 gr sariyogʻ
- 3 dona tuxum
- 1 stakan shakar
- 1 stakan un
- 1 quti vanilin
Tayyorlanishi:
Sariyogʻni kichik bir qozonga solib eritib oling.
Erigandan keyin gazdan oling va sariyogʻingiz issiq holatida boʻlaklarga boʻlingan shokoladlarni ichiga soling. Sariyogʻning issigʻi bilan erishini ta’minlang.
Orqasidan sariyogʻli shokolad aralashmasini xona temperaturasida sovushi uchun bir chekkaga oling.
Bir idish ichiga tuxumlarni soling, shakarni ham qoʻshib yaxshilab koʻpirtiring.
Koʻpirtirilgan shakar bilan tuxumlarning ustiga oz-oz sariyogʻli shokoladli aralashmani soling va aralashtirishda davom eting.
Barcha aralashmani qoʻshib aralashtirgandan keyin un va vanilinni qoʻshib ustiga solamiz.
Spatula yordamida braunini barcha masalliqlar birlashguncha aralashtiring.
Orqasidan yogʻlangan yoki pishirish qogʻozi yoyilgan 20 smlik kvadrat tort qolipiga tayyorlagan aralashmani soling. Ust tarafini spatula bilan toʻgʻirlang.
160 darajada isitilgan yuqori va pastki qismi ishlayotgan pechda 30-35 daqiqa pishiring. Usti oz miqdorda yorilganda pechdan chiqaring va xona temperaturasida eng kam 1 soat dam oldiring.
Dan olganda yaxshi holatga keladi. Dam olgandan keyin dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha.