
- 0
- 01.09.2025 15:43:00
- 1 daq o'qish
Pensilvaniyadagi Hersheypark ko‘ngilochar bog‘ida kichkina bola osma poyezd yo‘liga chiqib olgani odamlarni vahimaga soldi. Guvohlar uni tezda qutqarishga shoshildi.
Park ma’murlarining aytishicha, bola ota-onasidan ajralib qolganidan keyin bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan. Qidiruv vaqtida esa u yopiq bo‘lgan osma poyezd yo‘liga kirib ketgani ma’lum bo‘ldi. Bola bir muddat yurishdan toʻxtab pastga, odamlarga qaragan, uni kuzatib turganlar esa yoʻlida davom etishini aytgan.