Rossiyadagi aeroportda shafqatsizlarcha uloqtirilgan bolakay tuzaldi

Rossiyadagi aeroportda shafqatsizlarcha uloqtirilgan bolakay tuzaldi
  • 1
  • 12.07.2025 12:43:00
  • 1 daq o'qish

 

Rossiyaning Sheremetyevo aeroportida 31 yoshli belaruslik erkak tomonidan polga uloqtirilib, komaga tushib qolgan eronlik bolakay o‘ziga kelgani haqida xabar bergandik. Bola og‘ir bosh va umurtqa jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilib, 10 kun davomida koma holatida bo‘lgan.
19 kunlik muolajadan so‘ng, bolakay hushiga kelib, mustaqil ovqatlanishni, harakatlanishni va gapirishni boshlagan. Shifokorlar uning holati sezilarli darajada yaxshilanganini, hozir sog‘ligi barqaror ekanini bildirgan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News