
- 14
- 11.05.2023 08:39:00
- 1 daq o'qish
Bahodir Jalolov chorak finalda qozog‘istonlik Qamshibek Konkabayevga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi! Shu tariqa, O‘zbekiston milliy jamoasining 9 nafar bokschisi yarim finalga yo‘llanma olib, medal bilan birga eng kamida 50 ming AQSH dollaridan mukofot pulini naqd qildi. Turnir bilan xayrlashgan vakillarimiz soni 4 nafarga yetdi. Yarim final janglari 12-may kuni bo‘lib o‘tadi.