
- 10
- 16.08.2024 16:51:00
- 1 daq o'qish
Boks 2028-yil Los-Anjeles Olimpiadasi sport dasturiga kiritilmagan. Bunga sabab moliyaviy shaffoflikning mutlaqo yo‘qligi tufayli XOQning IBAni tan olmasligidadir. XOQ IBA tarkibida bo‘lgan har qanday bokschi Los-Anjeles-2028 Olimpiadasida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan. Yakuniy qaror 2025-yilda qabul qilinadi, ya’ni tashkilotchilar XOQ talablariga rioya qilsalar, boks hali ham dasturga kiritilishi mumkin.
Boks 1904-yilda ilk marta paydo bo‘lganidan beri deyarli har bir yozgi Olimpiadada namoyish etilgan. Oxirgi marta bu sport turi 1912-yilda Shvetsiya qonunlari uni taqiqlagani sababli, Olimpiada dasturidan chiqarilgan edi.