- 1
- 01.04.2025 13:43:00
- 1 daq o'qish
Shoir Shamsiddin To‘rayev xonanda Botir Qodirov ustidan tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan she’rlarini qo‘shiq qilgani uchun Adliya vazirligiga shikoyat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Adliya vazirligi tomonidan “Shamsiddin Sadoiy” tahallusi bilan tanilgan shoir Shamsiddin To‘rayevning murojaati asosida “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla do‘stim” nomli she’rlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini to‘lamasdan foydalanilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan va unga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida – 1 mln 875 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.