
- 4
- 10.09.2026 15:47:00
- 1 daq o'qish
Chorvoq suv omborida 2-sentabr kuni katerda sayr qilayotgan oila a’zolaridan biri cho‘milish uchun suvga tushib, qutqaruv nimchasi bo‘lmagani sabab cho‘kib ketgan. Uni qutqarishga tushgan akasi va otasi ham suvga g‘arq bo‘lgan. Ularning birinchi jasadi 9-sentabr kuni topilgan. Qolgan ikki fuqaroning jasadi esa 10-sentabr kuni topilgan.
Shu bilan uch nafar fuqaroni qidirish-qutqaruv ishlari yakunlandi. FVV fuqarolarni suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.