
- 6
- 26.09.2026 11:39:00
- 2 daq o'qish
Masalliqlar:
300 gr kakaoli pechenye
150 gr sariyog‘
300 gr golubika
3 osh qoshiq shakar
Kremi uchun:
350 gr labne
200 ml quyultirilgan sut
100 gr eritilgan oq shokolad
2 qadoq shanti krem
Mevali massa uchun:
100 ml quyultirilgan sut
80 gr oq shokolad
Tayyorlanishi:
Mevali massa uchun, golubikalarni kichikroq kastryulkaga solamiz. Ustidan shakarni qo‘shib, past olovda qaynatishni boshlaymiz. Mevalarni yaxshi qaynaguncha, aralashtirib turamiz. Mevalarning suvi chiqqach, bir necha tomchi limon sharbati qo‘shib, past olovda taxminan 15 daqiqa yana qaynatamiz. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib turamiz. So‘ng, blenderga solib, bir xil va silliq massa hosil bo‘lguncha maydalaymiz va sovitishga qo‘yamiz. Keyin alohida idishda, maydalangan pechenyega eritilgan sariyog‘ni qo‘shib, yaxshilab aralashtiramiz. Dumaloq, chetlari olinadigan tort qolipining tagi va chetlariga pergament qog‘oz to‘shaymiz. Tayyor pechenyeli aralashmani qolipga solamiz. Tag qismi tekis bo‘lgan kosa yordamida pechenyeni ham tagiga, ham chetlariga yaxshilab bosib zichlaymiz va qolipni muzlatkichga qo‘yamiz.
Kremi uchun shanti kremni quyultirilgan sut bilan mikser yordamida yaxshilab quyuqlashguncha ko‘pirtiramiz. Keyin labne va bug‘da eritilgan oq shokoladni qo‘shamiz va mikserda yana bir necha daqiqa ko‘pirtirishda davom etamiz. Tayyorlagan mevali massamizni kremga qo‘shib, bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiramiz. Faqat masalliqlar bir-biriga qo‘shilishi bilan kifoyalaning, ortiqcha ko‘pirtirmang. Kremni muzlatgichdan olingan pechenye ustidan quyib, ustini chiroyli qilib tekislaymiz va 12 soatga muzlatgichga yuboramiz. Mazali golubikali chezkeykimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🍰❤