
- 1
- 14.08.2025 15:20:00
- 1 daq o'qish
Toshkentning Shayxontohur tumanida ikki bloger Lacetti avtomobilida piyodalar zinapoyasidan tushib, ekstremal video orqali layk yig‘ishga harakat qildi. Avtomobilning yurish qismi Mercedes-Benz ehtiyot qismlari bilan o‘zgartirilgani bois, ular uni noodatiy sinab ko‘rishga qaror qilgan. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, huquq-tartibot idoralari xodimlari blogerlarni aniqlab, ularga ma’muriy chora ko‘rdi. Ular bu ishni takrorlamaslikka va’da berdi.