Stadionda janjallashgan bloger va san’atkorlar jazolandi 

Stadionda janjallashgan bloger va san’atkorlar jazolandi 
  • 0
  • 03.06.2025 09:50:00
  • 1 daq o'qish

 

Toshkentdagi “Jar” stadionida o‘tkazilgan LikeCup Futbol turniri doirasida ommaviy janallashganlar jazoga tortildi. To‘polonni boshlagan blogerning aytishicha, u bu ishni har ikkala jamoa a’zolari bilan kelishgan holda amalga oshirgan. Go‘yoki ikki jamoa o‘rtasidagi janjal sahnalashtirilgan. Maqsad esa obunachilarni ko‘paytirish, o‘yinga omma e’tiborini qaratish va piar bo‘lgan.
Sud qaroriga ko‘r, Alisher Uzoqov, Abdurahmon Mavlonov, Nurjalol Rahmonaliyev va Dilshodbek O‘rozboyev – har biri 3,75 mln so‘m jarimaga, Kamoliddin Mamajonov – 4,5 mln so‘m jarimaga, Ozodbek O‘rozboyev – 10 sutka ma’muriy qamoq jazoga hukm qilindi. 
Like Cup loyihasi  vaqtincha to‘xtatildi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News