
- 6
- 27.09.2024 13:13:00
- 1 daq o'qish
O‘z ayolini o‘ldirgan Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayevdan rafiqasi Saltanat Nukenovaing oilasiga ma’naviy zarar uchun 35 ming dollar undirildi. Avgust oyida Saltanatning akasi Bishimbayevga nisbatan moddiy zararni undirish va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida yangi da’vo qo‘zg‘atgandi. Sud qaroriga ko‘ra, singlisining o‘limi Amangeldining ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va uning shaxsiy nomoddiy huquqlari buzilganligi sababli unga 35 ming dollar undirib berilgan.
Ta’kidlashicha, jabrlanuvchi tomonidan undirilgan miqdor qancha ko‘p bo‘lsa, mahkumning muddatidan oldin ozod qilinish imkoniyati shuncha kamayadi.