
- 7
- 02.12.2023 13:23:00
- 1 daq o'qish
“Lazzat dunyosi”dan “Qush tili” shirinligi retseptini kutib oling.
🥡Massaliqlar:
Un - 600 gr
Tuxum - 2 dona
Asal 100 gr
Soda 1 choy qoshiq
Shakar 100 gr
🫓Xamiri uchun:
– Idishga tuxumni chaqib, yaxshilab aralashtiring va shakar solib, aralashtirishda davom eting.
Iste’mol sodasi va un solib, xamir qorib, 15 daqiqaga tindirishga qo‘ying.
– 15 daqiqadan so‘ng yupqa qilib yoyib, kesib chiqing.
– O‘rtacha olovda kesilgan xamirlarni pishirib oling.
Pishirilgan chak-chak ustidan asalni issiq holda quying.
Yoqimli ishtaha😋