
- 2
- 04.06.2025 09:06:00
- 1 daq o'qish
Microsoft asoschisi Bill Geyts boyligining 99 foizini hayriyaga, asosan, Afrikadagi sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimini yaxshilashga sarflashini ma’lum qildi. U Addis Abebadagi nutqida sun’iy intellektdan foydalangan holda onalar va bolalar o‘limining oldini olish, yuqumli kasalliklarni kamaytirish va qashshoqlikka barham berishni ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatdi.
Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Geytsning boyligi 2025-yilda 115,1 milliard dollarni tashkil qiladi, 2045-yilga kelib esa 200 milliard dollarga yetishi mumkin. AQSh hukumati Afrikadagi sog‘liqni saqlash dasturlarini qisqartirayotgan bir vaqtda, bu tashabbus katta ahamiyat kasb etmoqda.