- 8
- 15.03.2023 13:51:00
- 1 daq o'qish
Uyda original Big Mac burgerini tayyorlaganingizdan so‘ng, boshqa joydan gamburger yemaysiz 😍
Saqlab qo‘yishni va “Lazzat dunyosi” oshxonasidagi mazali Big Mac retseptini sinab ko‘rishni unutmang🥰
🍔Masalliqlar:
200 gr qiyma go‘sht
1,5 choy qoshiq tuz
1,5 choy qoshiq qora qalampir
Salat bargi
Tuzlangan bodring
Pomidor (ixtiyoriy)
Cheddar pishlog‘i
5 ta kichik o‘lchamdagi lavash xamiri
Tuzlangan piyoz
🥫 Sous uchun:
3 osh qoshiq ketchup
3 osh qoshiq mayonez
3 dona tuzlangan bodring
👨🏻🍳 Tayyorlanishi:
- Qiyma go‘shtga murch va tuz qo‘shib aralashtiramiz
- Kichik o‘lchamdagi lavashimizga tayyorlagan qiymamizni yupqa qilib yoyib chiqib, qizdirilgan tovada pishiramiz.
- Gamburgerimiz uchun sous tayyorlash uchun mayda to‘g‘ralgan tuzlangan bodring, ketchup va mayonezni aralashtirib olamiz.
- Lavash xamiriga cheddar pishlog‘ini solib, keyin sous, pomidor va tuzlangan piyozni qo‘shamiz.
Big Mac burgeri tayyor 😍
Yoqimli ishtaha 🤤