Grand klublar KCHJni har 2 yilda o‘tkazishmoqchi

Grand klublar KCHJni har 2 yilda o‘tkazishmoqchi
  • 4
  • 22.07.2025 13:22:00
  • 1 daq o'qish

“Real” va qator klublar klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazishni taklif qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy so‘rov hali kelib tushmagan, lekin, bir necha top klublar vakillari FIFA bilan bu borada gaplashgan. FIFA esa hozircha KCHJ’ni tez-tez o‘tkazishni ma’qullamagan. Sababi, musobaqa yakunlangandan so‘ng, natijalarga ko‘ra, 1 mlrd dollar klublar o‘rtasida taqsimlanadi. FIFA esa bu mablag‘ni har ikki yilda topish imkonsiz deb hisoblayapti. Bundan tashqari, FIFA KCHJ’ni har ikki yilda o‘tkazilishi UEFA bilan nizolarga olib kelishi mumkinligini aytib o‘tgan. 
FIFA hozirda keyingi KCHJ’ni 2029-yilda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda va bu Qatarda o‘tkazilishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News