
- 0
- 22.05.2025 17:02:00
- 1 daq o'qish
AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenning sog‘lig‘i haqida so‘nggi paytlarda turli xabarlar tarqalmoqda. Bayden 82 yoshda va yaqinda unga agressiv prostat saratoni tashxisi qo‘yilgan, bu esa suyaklarga ham tarqalgan. Shifokorlar uning kasalligi gormonlarga sezgir bo‘lib, davolanishi mumkinligini aytishmoqda.
Biroq, sobiq Oq uy shifokori Ronni Jekson Baydenning saraton kasalligi prezidentlik davrida ham aniqlanganini va hozirgi holati jiddiy ekanini ta’kidlamoqda. Jekson “The Washington Free Beacon” nashriga bergan intervyusida Bayden yana 12-18 oy yashashi mumkinligini ma’lum qilgan.