Bayden AQSH nega Ukraina tarafdori ekanini ma'lum qildi

Bayden AQSH nega Ukraina tarafdori ekanini ma'lum qildi
  • 11
  • 16.10.2023 09:31:00
  • 1 daq o'qish

Baydenning so‘zlariga ko‘ra,Vashington Ukraina mojarosi Yevropada katta urushga aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni xohlaydi. 

Agar Rossiya Ukraina bosib olsa, AQSHning NATO bo‘yicha ittifoqchilari bilan chegaraga keladi.

“Yevropada biz (AQSh) ishtirok etmagan biror yirik mojaroni bilasizmi? Yana shunday bo‘lishini istamaymiz. Biz (Yevropadagi) demokratiya barqaror ekaniga ishonch hosil qilishni istaymiz. Bunda esa Ukraina asosiy rol o‘ynaydi”, — dedi Amerika prezidenti.

2022-yil fevralidan beri AQSH boshqa G‘arb davlatlari bilan birgalikda Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatmoqda. Vashington Kiyevni qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bilan ta’minlaydi. 15-oktyabr kuni AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Qo‘shma Shtatlar Ukraina va Isroilga yana 2 milliard dollardan ortiq yordam ajratish bo‘yicha kelishib olishni rejalashtirayotganini aytdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News