
- 5
- 25.04.2024 09:06:00
- 1 daq o'qish
Bayden uning Ikkinchi jahon urushida bedarak yo‘qolgan amakisini Yangi Gvineyadagi odamxo‘rlar yegan bo‘lishi mumkinligini aytgani diplomatik mojaroga sabab bo‘ldi.
“U bir dvigatelli samolyotlarda parvoz qilgan, Yangi Gvineya ustidan razvedka parvozlarini amalga oshirgan. O‘sha paytda odamxo‘rlar ko‘p bo‘lgan hududda uning samolyotini urib tushirishgan. Jasad topilmagan, chunki Yangi Gvineyaning o‘sha qismida haqiqatan ham ko‘plab odamxo‘rlar bor edi”, — degan Bayden o‘z gapida.
Papua-Yangi Gvineya bosh vaziri AQSH prezidenti bayonotidan g‘azablanib, unga javob qaytardi.
“Men prezident Baydenni Embrouz Finnegan kabi bedarak yo‘qolgan harbiylar taqdirini aniqlash uchun Oq uyni Ikkinchi jahon urushi qoldiqlarini tozalashga majburlashga chaqiraman”, — degan Jeyms Marape.