
- 0
- 19.05.2025 10:11:00
- 1 daq o'qish
AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenda saraton kasalligi aniqlandi. Prezident Jo Bayden o‘tgan haftada kasallik alomatlarini seza boshlaganidan so‘ng prostata bezida tugun aniqlangani sababli tekshirildi”, — deya Amerikaning bir qator ommaviy axborot vositalari. 16-may kuni tekshiruvlardan keyin unga suyaklarga tarqalgan prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan. Glison shkalasi bo‘yicha 9 ball bilan baholangan bu shakl gormonlarga sezgir bo‘lib, davolash mumkin. Bayden va oilasi hozirda davolash usullarini tanlash ustida ishlamoqda. U hozir Delaver shtatidagi uyida.