Bekmurod Abdullayev yangi lavozimga tayinlandi

Bekmurod Abdullayev yangi lavozimga tayinlandi
  • 11
  • 25.09.2026 11:41:00
  • 1 daq o'qish

General-mayor Bekmurod Abdullayev Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Chilonzor tumani IIO FMB boshlig‘i etib tayinlandi.

1975-yilda tug‘ilgan Abdullayev 1997-yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil va muhandislar qo‘mondonlik bilim yurtini, 2009-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan. U 2020–2021-yillarda Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, 2021–2025-yillarda esa ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Abdullayev 2025-yil noyabrida lavozimidan ozod etilgan. Keyinchalik davlat xaridlarida 186 milliard so‘m byudjet mablag‘ini talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa jinoyatlarda gumonlanib, qamoqqa olingan. 2026-yil aprelida u va Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq rahbari Rustam Tursunov ozod etilgani haqida xabar berilgan. Manbalarga ko‘ra, ular bilan birga yana 7 nafar amaldor ham ozodlikka chiqarilgan va yetkazilgan zarar qoplangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News