Liftlarni foydalanishga qabul qilishdan oldin ular majburiy tartibda dispetcherlik xizmatiga ulanadi

Liftlarni foydalanishga qabul qilishdan oldin ular majburiy tartibda dispetcherlik xizmatiga ulanadi
  • 6
  • 06.09.2023 07:43:00
  • 1 daq o'qish

Barcha hududlarda lift uskunalarini monitoring qilish bo‘yicha dispetcherlik xizmatlari tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Sanoat elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanishda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda ushbu mahsulotlar ustidan sifat nazoratini kuchaytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyihaning maqsadi - aholining ko‘p kvartirali uylarda yashashi uchun qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish, liftlar texnik holatini tubdan yaxshilash, avariya holatlarining oldini olish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, davlat standartlari va sifat talablariga mos kelmaydigan mahsulotlar importini tartibga solish.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

ko‘p kvartirali uy-joy fondi, shuningdek, lift o‘rnatilishi nazarda tutiladigan barcha obektlardagi lift uskunalarini foydalanishga qabul qilishdan oldin ularni majburiy tartibda dispetcherlik xizmatiga ulash;

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublikaning barcha hududlarida lift uskunalarini monitoring qilish bo‘yicha dispetcherlik xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etish va doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash.

manba:kun.uz

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News