
- 3
- 12.12.2024 16:56:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda kelin o‘zini 8-qavatdan tashlab joniga qasd qilgani aytilgan xabar tarqaldi. Aniqlanishicha, 23 yoshli samarqandlik byuti bloger 11-dekabrdan, 12-dekabrga o‘tar kechasi soat 23:00 atrofida o‘zini Samarqand shahar Rudakiy ko‘chasidagi yashash xonadonining derazasidan pastga tashlab, joniga qasd qilgan va voqea joyida halok bo‘lgan. Marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.