422,3 million so‘mga sotilgan “chiroyli” avtoraqam

422,3 million so‘mga sotilgan “chiroyli” avtoraqam
  • 0
  • 06.05.2025 15:47:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda 2025-yildagi navbatdagi eng qimmat “chiroyli” avtomobil raqami sotildi. Bu haqda O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi ma’lum qildi.
2-may kuni o‘tkazilgan savdoda jami 752 ta avtoraqam sotilgan. Ulardan 707 tasi jismoniy shaxslarga, 45 tasi yuridik shaxslarga oid. Auksiondagi eng qimmat raqam 422,3 million so‘mga sotilgan bo‘lsa, eng arzon raqam 1,9 million so‘mni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil bo‘yicha eng qimmat avtoraqam yanvarda 509,6 mln so‘mga sotilgandi.
Rekord esa o‘tgan yilda 965,3 mln so‘mga sotib olingan. 2023-yilda esa yuridik shaxs 450 mln so‘mga sotib olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News