“Bayer” mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord qayd etdi

 “Bayer” mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord qayd etdi
  • 8
  • 19.04.2024 12:09:00
  • 1 daq o'qish

Yevropa Ligasi 1/4 finali javob uchrashuvida “Bayer” Londonda “Vest Hem” (1:1) bilan to‘qnash kelib, 89-daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Germaniya klubi uydagi g‘alaba (2:0) evaziga keyingi bosqichga yo‘l oldi. 
Shu tariqa Leverkuzen klubining mag‘lubiyatsiz seriyasi 44 o‘yinga yetdi va Alonso shogirdlari top-10 ligada “Yuventus” o‘rnatgan tarixiy rekordni yangiladi. Italiya klubida bu ko‘rsatkich 43 o‘yindan iborat edi. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, “Bayer” bu mavsumda biror marta yutqazmadi. Jamoa Bundesligada chempion bo‘ldi, Yevropa Ligasida yarim finalga yo‘l oldi va Germaniya Kubogi finalida ham o‘ynaydi bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News