Singapur tajribasi asosida O‘zbekistonda “Aqlli shahar” qo‘shma loyihalari amalga oshiriladi

Singapur tajribasi asosida O‘zbekistonda “Aqlli shahar” qo‘shma loyihalari amalga oshiriladi
  • 11
  • 25.05.2023 15:42:00
  • 1 daq o'qish

24-may kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Singapur Mehnat resurslari vaziri, savdo va sanoat ikkinchi vaziri Tan Si Leng bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida asosiy e’tibor ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalariga qaratildi.

Xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.  

Singapur tomoni o‘zaro tovar ayirboshlash doirasini kengaytirish va hajmini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga tayyorligini ta’kidladi.

Joriy yil sentyabr oyida Singapurda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasini o‘tkazishga kelishib olindi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi salohiyatini ochib berish, qo‘shma investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, o‘zaro munosabatlarning boshqa dolzarb masalalari, jumladan, ta’lim sohasidagi sheriklikni rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni qayta tiklash imkoniyati, Singapur tajribasi asosida O‘zbekistonda “Aqlli shahar” qo‘shma loyihalarini amalga oshirish istiqboli ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan barcha kelishuvlarni hayotga tatbiq etishni jadallashtirish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘shma harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News